2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, 1 apreldan Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyat va tumanlar markazlarida avtomobillar harakatlanishining eng yuqori tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushiriladi. Avvalroq loyihada cheklovni barcha aholi punktlarida qo‘llash taklif qilingandi.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, jami 13 057 suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli texnologiyalar joriy etilib, «Aqlli suv» qurilmalari o‘rnatiladi. Suvning hisobi onlayn rejimda monitoring qilinib, respublika bo‘ylab suvning aniq hisobini yuritish, foydalanish va operativ boshqarish imkoniyati oshiriladi.
Davlat dasturi loyihasida kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkazilishi belgilangan.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi. Bu amaliyot Navoiy, Sirdaryo, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 2023 yildan boshlanadi.
«Yuksalish» umummiliy harakati 2022 yilgi davlat dasturidagi 7 ta band bo‘yicha vazifalar o‘z vaqtida bajarilmaganini ma’lum qildi. Hududiy dasturlar bo‘yicha eng ko‘p Jizzax va Qashqadaryoda vazifalar belgilangan muddatda amalga oshirilmagani aniqlandi.
Prezident Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda yana majlisbozlik masalasiga to‘xtalib, hokimlar majlis o‘tkazish uchun bosh vazirdan ruxsat so‘rashi kerakligini qayd etdi. Davlat rahbari majlislarga profilaktika inspektorlari va mahalla raislarini chaqirmaslikni ta’kidladi.
Hukumatning Qonunchilik palatasiga taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, 2020-yilgi Davlat dasturining 284 ta bandidan 206 tasi to‘liq bajarilgan. 20 tasining muddati uzaytirilgan va 58 ta bandning ijrosi hanuz davom etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting